locale OZ

Joau Kanselu: «Portugaliya JCh-2026 favoritlaridan biri bo‘lishi shart»

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Portugaliya bilan birga «K» guruhidan joy olgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joau Kanselu: «Portugaliya JCh-2026 favoritlaridan biri bo‘lishi shart»
FOTO: Getty Images

«Al Hilol» klubi himoyachisi va ijara asosida «Barselona»da to‘p tepayotgan Portugaliya terma jamoasi a’zosi Joau Kanselu o‘z milliy jamoasining JCh-2026 dagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

«Futbolchilarimizning mahorat darajasini hisobga olsak, biz JCh-2026 ning asosiy favoritlaridan biri sifatida ko‘rilishimiz kerak. Krishtianu Ronaldu? Ha, albatta, bu unga ham tegishli», — deya Kanseluning so‘zlarini keltirmoqda TNT Sports.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 bahslarida Portugaliya terma jamoasi «K» guruhida O‘zbekiston, Kolumbiya va hali nomi ma’lum bo‘lmagan yana bir jamoaga qarshi bahs olib boradi.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar uchta mamlakat — AQSH, Kanada va Meksika hududida bo‘lib o‘tadi. Dunyo birinchiligida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi va ular to‘rttadan 12 ta guruhga bo‘linadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting