locale OZ

Joau Kanselu «Barselona»da qolish uchun maoshining kamayishiga ham rozi

Portugaliyalik futbolchi kamida yana ikki mavsum kataloniyaliklar safida toʻp surmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joau Kanselu «Barselona»da qolish uchun maoshining kamayishiga ham rozi
FOTO: Getty Images

«Al Hilol» klubiga tegishli bo‘lgan va yanvar oyidan buyon ijara asosida «Barselona» sharafini himoya qilayotgan qanot himoyachisi Joau Kanselu faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirmoqchi. Sport.es nashrining xabar berishicha, 31 yoshli futbolchi «ko‘k-anorranglilar» safida kamida yana ikki mavsum o‘ynashni maqsad qilgan. Shundan so‘ng, Kanselu o‘z vataniga qaytib, faoliyatini «Benfika» klubida yakunlash variantini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi portugaliyalik himoyachining to‘liq transferi uchun 10 million yevro talab qilmoqda. Kanselu «Barselona»da qolish uchun moliyaviy sharoitlarini qurbon qilib, maoshining sezilarli darajada kamayishiga ham rozilik bergan. Kataloniyaliklar rahbariyati va murabbiylar shtabi ham tajribali futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda va bu transferni ijobiy hal etishga urinmoqda.

Ma’lumot uchun, Joau Kanselu muqaddam 2023/2024 yilgi mavsumda ham ijara asosida kataloniyaliklar safida to‘p tepgan edi. U «Barselona» tarkibida shu vaqtga qadar jami 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 6 ta gol urishga hamda 9 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting