locale OZ

Joau Feliks va Rahim Sterling klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Joau Feliks va Rahim Sterling klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi
FOTO: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi futbolchilari Joau Feliks va Rahim Sterling klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi. Ushbu futbolchilar londonliklarning turnirda ishtirok etadiganlar ro'yxatiga kiritilmagan.

OAV xabariga ko'ra, “aristokratlar” yozgi transferlar vaqtida har ikki futbolchining o'rniga yangi variantlarni topishni rejalashtirgan.

Ma'lumot uchun, Feliksning “Chelsi” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2031-yilga qadar mo'ljallangan. U o'tgan mavsumni “Milan”da ijarada o'tkazdi.

Rahim Sterling esa o'tgan mavsumni “Arsenal”da ijara asosida o'tkazdi. 30 yoshli angliyalik futbolchining London klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilga qadar amal qiladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting