locale OZ

Joao Pedro «Chelsi»da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Braziliyalik forvard joriy mavsum 20 ta golga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joao Pedro «Chelsi»da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Joao Pedro 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga koʻra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda London klubining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Braziliyalik forvard joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urishga hamda 9 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishdi.

Joao Pedro klubning eng yaxshi oʻyinchisini aniqlash uchun oʻtkazilgan onlayn ovoz berish jarayonida 60% dan ortiq ovoz toʻpladi. Soʻrovnomada ikkinchi oʻrinni yarim himoyachi Enso Fernandes, uchinchi oʻrinni esa yana bir xavbek Moyses Kaysedo egalladi.

Maʼlumot uchun, braziliyalik hujumchi «Chelsi» safiga 2025 yilning iyul oyida «Brayton end Xouv Albion» klubidan koʻchib oʻtgan edi. Pedroning «koʻklar» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portali oʻyinchiing ayni damdagi transfer qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting