Joan Manzambi «Aston Villa»ga o‘tish arafasida
Shveytsariyalik yarim himoyachi Joan Manzambi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi. Taniqli jurnalist va insayder Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, "Aston Villa" "Frayburg" futbolchisining transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan.
Manbaga ko‘ra, bitimning umumiy qiymati bonuslar bilan birga qariyb 70 million yevroga teng.
Avvalroq "Nyukasl Yunayted" ham "Frayburg" bilan 60 million yevro evaziga transfer bo‘yicha kelishib olgan edi. Biroq Manzambi yakuniy roziligini bermagani sababli ushbu o‘tish amalga oshmay qoldi.
Futbolchining vakillari "Aston Villa" rahbariyatiga Manzambining aynan ushbu klubga o‘tishni istayotganini ma'lum qilgan. Tomonlar uzoq muddatli shartnoma shartlarini ham kelishib olgan. Yaqin kunlarda futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.