locale OZ

Joan Laporta: «Messiga haykal o‘rnatamiz, Xavi esa o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qildi»

«Barselona» prezidenti Xavining faoliyatiga nisbatan keskin tanqidiy fikrlar bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joan Laporta: «Messiga haykal o‘rnatamiz, Xavi esa o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qildi»
FOTO: Getty Images

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida klubning kelajakdagi rejalarini ma’lum qilib, sobiq bosh murabbiy Xavi Ernandesning faoliyatiga nisbatan keskin tanqidiy fikrlarini bildirdi.

Laporta klub afsonasi Lionel Messini munosib tarzda taqdirlash niyatida ekanligini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, stadion rekonstruksiyasi yakunlangach, argentinalik yulduz sharafiga haykal o‘rnatiladi va unga bag‘ishlangan xayrlashuv uchrashuvi tashkil etiladi.

«Biz Messiga haykal o‘rnatmoqchimiz va stadionimiz qurib bitkazilgach, uning sharafiga xayrlashuv o‘yinini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz», — dedi klub rahbari.

Intervyu davomida Joan Laporta Xavining iste’fosiga to‘xtalar ekan, murabbiyning professional va shaxsiy hayotidagi muammolar jamoa natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.

«Xavi intervyularida meni uni ishdan bo‘shatganim uchun ayblab, o‘zini oqlamoqchi. Aslida esa u o‘ziga ortiqcha bino qo‘yib, professional vazifalarini shaxsiy hayoti bilan uyg‘unlashtira olmadi. U «Barsa» «Real» bilan raqobatlasha olmaydi, deb ta’kidlab, tarkibni o‘zgartirishni talab qildi. Men esa unga bunday yondashuv bilan ishni davom ettira olmasligimizni aytdim», — deya qo‘shimcha qildi Laporta.

Eslatib o‘tamiz, Xavi avvalroq klub rahbariyatini tarkibni kuchaytirishda ikkilanganlikda ayblab, o‘zining iste’foga chiqarilish jarayoni tafsilotlarini fosh qilgan edi. Bu vaziyat klub atrofidagi ziddiyatlar hali ham davom etayotganini ko‘rsatadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting