locale OZ

Joan Laporta «Barselona» prezidentligidan isteʼfoga chiqdi

Isteʼfo 9 fevral kungi navbatdagi direktorlar kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joan Laporta «Barselona» prezidentligidan isteʼfoga chiqdi
ФОТО: Getty images

“Barselona” klubining amaldagi prezidenti Joan Laporta hamda direktorlar kengashining bir nechta aʼzolari 15 mart kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda yana nomzod sifatida qatnashish maqsadida isteʼfoga chiqdi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Isteʼfo 9 fevral kungi navbatdagi direktorlar kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.

Maʼlumot uchun, 63 yoshli Laporta “Barselona”ni 2003–2010 yillar oralig‘ida boshqargan va 2021 yilda yana klub prezidenti etib saylangan. Uning rahbarligi davrida kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida 6 marta g‘olib chiqqan, Qirol kubogini 3 bor, Ispaniya Superkubogini esa 6 marta qo‘lga kiritgan. Shuningdek, klub 2 marta Chempionlar Ligasida zafar quchib, Yevropa Superkubogi hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida bir martadan g‘alaba qozongan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting