Joan Garsiya: «Atletiko»dan uchralgan magʻlubiyat biz uchun oʻziga xos saboq boʻldi»
«Barselona» klubi darvozaboni Joan Garsiya UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida «Nyukasl» jamoasiga qarshi kechadigan birinchi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Kataloniyaliklar posboni bo‘lajak raqibga qarshi o‘yin o‘ta murosasiz kechishini ta’kidlab, jamoa o‘tmishdagi kamchiliklardan tegishli xulosa chiqargan holda maydonga tushishi kerakligini alohida qayd etdi.
«Biz mazkur bahsga katta ishtiyoq bilan yondashmoqdamiz. Raqibimiz g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishidan xabardormiz. Shuningdek, oldinda javob uchrashuvi ham borligini hisobga olgan holda, har bir daqiqaning ahamiyati katta. Ispaniya Kubogi doirasida «Atletiko»dan uchralgan mag‘lubiyat biz uchun o‘ziga xos saboq bo‘ldi. O‘sha qarama-qarshilikning dastlabki o‘yinida yo‘l qo‘yilgan xatolar yakuniy natijaga salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.
Musobaqa taqvimiga ko‘ra, mazkur juftlikning birinchi uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvi 2026 yil 18 mart sanasiga belgilangan. Turnir finali esa 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» mazkur mavsumda Yevrokuboklarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Chempionlar Ligasining pley-off bosqichiga qadar yetib keldi.