locale OZ

Jo Koul: «Van de Ven «Chelsi» uchun ajoyib xarid bo‘lar edi»

Londonliklarning sobiq futbolchisi jamoaning transfer siyosati haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jo Koul: «Van de Ven «Chelsi» uchun ajoyib xarid bo‘lar edi»
FOTO: Getty Images

«Chelsi» klubining sobiq yarimhimoyachisi Jo Koul «Tottenhem» himoyachisi Mikki van de Ven «ko‘klar» safini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin degan fikrda.

«Men «Tottenhem»dan Mikki van de Venni tanlagan bo‘lardim. Nazarimda, u o‘zining harakati va holati bilan u yerdan ketishni istayotganini ko‘rsatmoqda. Mikki «Chelsi» uchun ajoyib kuchaytirish bo‘la olardi», — deya Koulning so‘zlarini keltirmoqda Caught Offside nashri.

Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda «Tottenhem» 30 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 16-pog‘onani egallab turibdi. Mikki van de Ven joriy mavsumda barcha musobaqalarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 7 ta gol va bitta samarali uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting