locale OZ

Jo Koul «Chelsi»ga Markus Reshfordni sotib olishni maslahat berdi

Angliyalik hujumchi oʻtgan mavsumni ijara asosida «Barselona»da oʻtkazdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Jo Koul «Chelsi»ga Markus Reshfordni sotib olishni maslahat berdi
FOTO: Getty Images

«Chelsi» klubining sobiq futbolchisi Jo Koul «koʻklar» «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordni oʻz safiga qoʻshib olishi kerak deb hisoblaydi. Maʼlumot uchun, ushbu futbolchi oʻtgan mavsumni ijara asosida «Barselona» tarkibida oʻtkazgan edi.

«Bu yerda hamma gap maosh va kelishuv bahosida. Reshford jamoaning koʻplab oʻyin uslubiga doir muammolarini hal qila oladi, biroq ushbu transfer uchun haddan tashqari koʻp mablagʻ sarflamaslik kerak. U «Chelsi»ga juda asqotgan boʻlardi.

Markus oldinga intilishda davom etishi va oʻz kuchiga boʻlgan ishonchni saqlab qolishi lozim. U «Barselona»da oʻzini yangitdan kashf eta oldi va unda yangi darajaga koʻtarilish imkoniyati mavjud. «Chelsi» bu borada ish boshlashi kerak, ammo hamma narsa kelishuv shartlariga bogʻliq boʻladi», — deya Koulning soʻzlarini keltirmoqda The Sun nashri.

Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Reshford «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida 48 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting