Jizzaxlik taniqli futbolchilar bilan uchrashuv tashkil etildi
O’zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Nasaf” klubi darvozaboni Abduvohid Ne’matov va “Nasaf” klubi a’zosi Sharof Muhitdinov Jizzax futbol akademiyasi va futbol maktabi yosh futbolchilari bilan uchrashdilar.
Uchrashuv boshida futbolchilarning faoliyatidan videolavhalar namoyish etildi.
Shundan so’ng yosh futbolchilar taniqli sportchilarga o’zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi. Ular orasidan eng yaxshi savol muallifi aniqlanib, Abduvohid Ne’matov va Sharof Muhitdinovdan sovg’alar taqdim etildi. Shuningdek, taniqli futbolchilarga Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasi hamda viloyat futbol akademiyasi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.
Abduvohid Ne’matov va Sharof Muhitdinov akademiya sport zalida yosh futbolchilar bilan master-klass saboqlarini ham o’tkazdilar.
Jizzaxda bunday taniqli futbolchilar bilan yosh futbolchilar o’rtasidagi uchrashuvlarni muntazam tashkil etib borilishi kelishib olindi.