locale OZ

Jizzaxda “So‘g‘diyona” futbol akademiyasi rasman foydalanishga topshirildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

13 iyun kuni Jizzax viloyatida zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan yangi futbol akademiyasi o‘z faoliyatini boshladi. Ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari, viloyat sport boshqarmasi rahbariyati, “So‘g‘diyona” klubi vakillari, shuningdek, OAV va futbol jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Yangi akademiya futbolchilar uchun barcha qulayliklar bilan jihozlangan — mashg‘ulot maydonlari, sport zali, yotoqxona, ovqatlanish bloki va zamonaviy o‘quv xonalari mavjud.

Akademiyada Jizzax viloyatining iqtidorli o‘smir futbolchilari mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ular bilan malakali murabbiylar ish olib boradi. Tadbir ishtirokchilari ushbu akademiyadan kelajakda O‘zbekiston terma jamoalarini sharaflaydigan iste’dodli futbolchilar yetishib chiqishiga umid bildirishdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting