locale OZ

Jizzaxda futbol qoidalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Seminarga tajribali instruktor Konstantin Smirnov va Davron Akmalov rahbarlik qildi.
Jizzaxda futbol qoidalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
photo: UzFHM

Jizzaxda futbol qoidalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Jizzax viloyati futbol akademiyasi hamda “So‘g‘diyona” PFK qoshidagi futbol akademiyasi murabbiylari, shuningdek, Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasi hakamlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarga tajribali instruktor Konstantin Smirnov va Davron Akmalov rahbarlik qildi.

Seminar davomida Jahon chempionatida amaliyotga tatbiq etilgan futbol qoidalaridagi yangi o‘zgarishlar hamda ularning qo‘llanilishi monitor orqali batafsil tushuntirildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berilib, mavzu yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting