Jizzax viloyati sport boshqarmasi boshlig'i lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
FOTO: Getty Images
Bugun Jizzax Futbol akademiyasi majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari Shaxrillo Mahmudov, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Mirolim Raxmatov hamda MOQ Jizzax viloyati bo'limi ijrochi direktori Akmal Axmedovlar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilish davomida viloyatda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga viloyat sport jamoatchiligiga Jizzax viloyati sport boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlangan Usmonov Nozim Inomovich tanishtirildi.
Shuningdek yig'ilishda aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirlarida xodimlarning faol ishtirok etishi masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist