Jiru: «Umid qilamanki, Mbappe boʻlajak Jahon chempionatida rekordimni yangilaydi»
39 yoshli futbolchi «Real» hujumchisi haqida fikr bildirdi.
FOTO: Getty Images
«Lill» klubi hujumchisi, 39 yoshli Olivye Jiru Fransiya milliy jamoasidagi gollar rekordi haqida fikr bildirib, «Real» forvardi Kilian Mbappe uni qachon yangilashi mumkinligi haqida gapirdi.
«Mbappe rekordimni 2026 yilgi Jahon chempionatida yangilashini xohlayman. U dekabr oyida 27 yoshga toʻladi, agar keyingi 5—6 yil davomida har mavsumda 10—12 ta o'yin o'tkazib tursa, yuzga yaqin gol urish imkoniga ega boʻladi. Umid qilamanki, Kilian meni bir necha oy ichida ortda qoldiradi, lekin juda tez emas (kuladi)», — dedi Jiru.
Eslatib oʻtamiz, Fransiya milliy jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Ozarbayjonni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu bahsda Mbappe milliy jamoadagi 53-golini urdi. Jiruning hisobida esa 57 ta gol mavjud.
Nasrullo Karimov
Jurnalist