«Jirona» Aleks Moreno bilan shartnoma imzoladi
Фото: Getty Images
Himoyachi Aleks Moreno “Aston Villa”dan “Jirona”ga o'tdi. Bu haqda ispan klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Futbolchi yangi jamoasi bilan 2027 yilning yozigacha bitim imzoladi.
Moreno “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Faoliyati davomida “Mallorca”, “Rayo Vallekano”, “Betis” va boshqa jamoalarda to'p surgan. 2023 yilda u “Aston Villa”ga yo'l olgan. O‘tgan mavsumni ijarada “Nottingham Forest”da o'tkazdi.
Bu klub tarkibida 19ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist