Jezush Ronalduning almashtirilishiga izoh berdi
Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichida Uelsga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Krishtianu Ronalduning almashtirilishi haqida fikr bildirdi. Portugaliya mazkur bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
41 yoshli hujumchi uchrashuvning ikkinchi bo‘limi o‘rtasida maydonni tark etdi. Ronaldu bu bahsda gol yoki golli uzatma bilan o‘z hissasini qo‘sha olmadi.
«Almashtirish o‘yin ssenariysidan kelib chiqqan holda amalga oshirildi. Uchrashuv tugashiga taxminan 25 daqiqa qolgan edi va bizga hujumda yangi futbolchi kerak bo‘ldi. Bu orqali raqibga bosimni kuchaytirishni istadik.
Biz Ramos hujum chizig‘iga tezlik qo‘shishini bilardik. Umuman olganda, o‘yinni hisobga olsak, jamoamning harakatlaridan mamnunman», — deya mutaxassisning so‘zlarini Record keltirdi.
Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 27-sentabr, yakshanba kuni mehmonda Norvegiyaga qarshi o‘tkazadi.