locale OZ

Jezus \"Flamengo\" safini to'ldirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jezus "Flamengo" safini to'ldirishi mumkin
Photo: Getty Images

Londonning "Arsenal" klubi braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus vataniga qaytishi mumkin.

RTI Esporte nashrining xabar berishicha, Braziliya A Seriyasi vakili "Flamengo" klubi inglizlar jamoasi futbolchisini o'z safiga qo'shib olish borasida faol ish olib bormoqda.

28 yoshli forvardning "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 32 mln yevroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Jezus tizzasining xochsimon bog'lamlari uzilganidan keyin tiklanishda davom etmoqda. Uning maydonga qaytishi noyabr oyida kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting