locale OZ

Jezus faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin

U 2022 yilda "Manchester Siti"dan "Arsenal"ga 52 million yevro evaziga o'tgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jezus faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus Braziliyaga qaytishi mumkin.

Nosso Palestra nashrining xabariga ko'ra, "Palmeyras" forvardni sotib olishdan manfaatdor va u bilan aloqani ushlab turibdi.

Biroq, futbolchi "Arsenal"dagi noaniq kelajagiga qaramay, yana ikki yoki uch yil Yevropada qolish niyatida.

Jezusni sotib olish variantini "Atletiko" va "Milan" ham ko'rib chiqmoqda. Gabriel Jezus "Palmeyras" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2022 yilda "Manchester Siti"dan "Arsenal"ga 52 million yevro evaziga o'tgan.

Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda Jezus London klubi safida barcha turnirlarda 27 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting