locale OZ

Jeyms va Rays Panama bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin — The Guardian

Bu futbolchilar o‘zlarida noqulaylik his qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeyms va Rays Panama bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin — The Guardian
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
27.06.2026, Yak.
Panama
0
Angliya
2

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays va uning jamoadoshi Ris Jeyms 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatining 3-tur doirasida Panama terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin, deya xabar bermoqda The Guardian.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala futbolchi ham Gana terma jamoasiga qarshi o‘tgan o‘yin (0:0)dan so‘ng noqulaylik his qilmoqda.

Jarrohatlar jiddiy emas deb hisoblanmoqda, biroq, ehtiyot chorasi sifatida Rays va Jeyms o‘yinni o‘tkazib yuborishi ehtimoli bor.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi L guruhining turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa ikkita o‘yinda to‘rt ochko jamg‘ardi. Gana ham to‘rt ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting