Jeyms Trafford XXI asr rekordini oʻrnatdi — Opta
«Manchester Siti» Angliya Liga Kubogi finalida «Arsenal»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. «Shaharliklar» darvozaboni Jeyms Trafford ushbu bahsda kamdan-kam uchraydigan ko‘rsatkichga erishdi. Bu haqda Opta tahliliy portali xabar bermoqda.
23 yoshu 163 kunlik bo‘lgan Trafford 1978 yildan buyon «Uembli» stadionida o‘tadigan Liga Kubogi finalida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh ingliz darvozaboniga aylandi. So‘nggi bor bunday natija 1978 yilgi «Nottingem Forest» va «Liverpul» o‘rtasidagi bahsda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda Kris Vuds 18 yoshu 124 kunligida finalda ishtirok etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida «Arsenal» 70 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Manchester Siti» esa bitta zaxira o‘yiniga ega holda 61 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.