locale OZ

Jeyms Trafford faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

«Man Siti» darvozaboniga grand klublar qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeyms Trafford faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Trafford Turinning «Yuventus» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Kutilishicha, futbolchi yozda «shaharliklar» safini tark etadi, chunki unga muntazam o‘yin amaliyoti zarur. Biroq Janluiji Donnarumma bilan bo‘lgan raqobat unga maydonga o‘zi xohlagan darajada tez-tez tushish imkonini bermayapti. Ta’kidlanishicha, «byankonerilar» posbon uchun taxminan 20 million yevro to‘lashga tayyor. Shuningdek, darvozabonga «Nyukasl» va «Aston Villa» klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Joriy mavsumda Jeyms Trafford klub safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol o‘tkazib yubordi va 7 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Futbolchining «osmonrang-ko‘klar» bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting