locale OZ

Jeyms Trafford Angliya Liga Kubogi tarixiga kirdi — Squawka

«Man Siti» posboni turnirning hal qiluvchi bahsida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeyms Trafford Angliya Liga Kubogi tarixiga kirdi — Squawka
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Trafford Angliya Liga Kubogi finalida «Arsenal»ga qarshi bahsda (2:0) o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 23 yoshu 163 kunlik bo‘lgan posbon mazkur ko‘rsatkich orqali musobaqa finalida «quruq» o‘yin o‘tkazgan so‘nggi 48 yildagi eng yosh ingliz darvozaboniga aylandi. Bu haqda Squawka tahliliy nashri xabar bermoqda.

Ma’lumot o‘rnida, «to‘pchilar» va «shaharliklar» joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasining 5-turi doirasida ham o‘zaro to‘qnash kelishgan edi. O‘shanda jamoalar 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etishgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Angliya liga kubogi g‘olibligi «Nyukasl»ga nasib etgan edi. O‘shanda «qarg‘alar» hal qiluvchi bahsda «Liverpul»dan 2:1 hisobida ustun kelishgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting