Jeyms: «Shunchaki omad biz tomonda bo‘lmadi»
Ris Jeyms "Chelsi"ning "Manchester Siti"ga qarshi Angliya Kubogi finalidagi (0:1) mag‘lubiyati haqida izoh berdi.
"Mag‘lub bo‘lish juda alamli. Agar hisobni emas, o‘yinning o‘ziga qarasak, biz raqibdan qolishmadik, ular bilan teng o‘ynadik. Birinchi bo‘limda ular ko‘proq to‘p nazoratiga ega bo‘lishdi, ammo bu biz uchun jiddiy xavf tug‘dirmadi. Ikkinchi bo‘limda esa yarim imkoniyatdan gol urishdi.
Men qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Finalda har bir futbolchi g‘alaba qozonishni istaydi — bu mahalliy musobaqa bo‘ladimi yoki Angliya Kubogimi, farqi yo‘q. Jamoada hech kimning intilishini shubha ostiga qo‘ymayman — barchamiz g‘alabani xohladik. Shunchaki omad biz tomonda bo‘lmadi.
Endi dam olishimiz, tiklanishimiz va keyingi o‘yinga — "Tottenhem"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rish uchun mashg‘ulotlarga qaytishimiz kerak. Bu mavsumda imkoniyatlarimizdan past o‘ynadik. Muxlislardan natijalar uchun uzr so‘rayman. Oson bo‘lmadi, ammo tez orada vaziyatni yaxshilashga umid qilaman", — dedi jamoa sardori klub rasmiy saytiga.