locale OZ

Jeyms Milner APLdagi 653-o‘yinini oʻtkazdi — Opta

«Brayton» yarimhimoyachisi bu borada rekordni yangilashi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeyms Milner APLdagi 653-o‘yinini oʻtkazdi — Opta
FOTO: Getty Images

«Brayton» yarimhimoyachisi Jeyms Milner Angliya Premyer-ligasidagi 653-uchrashuvini o‘tkazib, turnir tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha Garet Barrining rekordini takrorladi.

Opta statistik portali ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tarixiy voqea APLning 26-turi doirasidagi «Aston Villa» va «Brayton» uchrashuvida yuz berdi. Milner o‘yinning 22-daqiqasida Karlos Baleba o‘rniga maydonga tushdi.

Qiziqarli jihati shundaki, 40 yoshli Milner o‘z jamoasi bosh murabbiyi, 32 yoshli Fabian Xyurselerdan naq sakkiz yoshga katta hisoblanadi.

Tajribali xavbek o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida «Liverpul» tarkibida 230 ta, «Manchester Siti»da 147 ta, «Aston Villa»da 100 ta, «Nyukasl»da 94 ta va «Lids»da 48 ta o‘yin o‘tkazgan. Hozirgi jamoasi «Brayton» safida esa uning hisobidagi o‘yinlar soni 34 taga yetdi.

Joriy mavsumda Milner 16 ta bahsda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ayni damda afsonaviy futbolchining bozor qiymatini 750 ming yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting