locale OZ

Jeyms Milner APL tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi

40 yoshli futbolchi hozirga qadar 654 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeyms Milner APL tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images

Angliya futboli tarixida yangi sahifa ochildi. «Brayton» yarimhimoyachisi, 40 yoshli faxriy futbolchi Jeyms Milner Premyer-liga (APL) tarixida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha mutloq rekordni o‘rnatdi.

Angliya chempionatining 27-turi doirasidagi «Brentford»ga qarshi bahsda Milner «chag‘alaylar»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Ushbu uchrashuv ingliz futbolchisi uchun turnirdagi 654-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa, u uzoq yillik rekordchi Garet Barrini (653 o‘yin) ortda qoldirib, turnir tarixidagi eng tajribali futbolchiga aylandi.

APL tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan top-5 futbolchi:

  1. Jeyms Milner – 654 ta oʻyin
  2. Garet Barri – 653 ta oʻyin
  3. Rayan Giggz – 632 ta oʻyin
  4. Frenk Lempard – 609 ta oʻyin
  5. Devid Jeyms – 572 ta oʻyin

Jeyms Milner oʻzining boy faoliyati davomida «Lids», «Nyukasl», «Aston Villa» va «Manchester Siti» kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Uning faoliyatidagi eng yorqin davr «Liverpul» klubi bilan bogʻliq boʻlib, u mazkur jamoa libosida eng koʻp — 230 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting