Jeyms «Lids» bilan shartnomasini uzaytirdi
Photo: Getty Images
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Deniyel Jeyms “Lids”da o‘ynashda davom etadi.
Uels terma jamoasi vingeri klub bilan shartnomasini 2029 yil yozigacha uzaytirdi.
27 yoshli futbolchi “qizil iblislar”dagi o‘yinlari bilan tanilgan, “Swansea”da ham to‘p surgan. U hozirgi jamoasiga 2021 yili mankunianliklar safidan kelib qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Lids” o‘tgan mavsumda Chempionshipda g‘olib chiqib, Premer-ligaga qaytishga muvaffaq bo‘lgandi.
Jeyms yakunlangan mavsumda Chempionshipda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va 9 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Bahrom Bobonov
Redaktor