Jeyms «Chelsi» bilan juda uzoq muddatli shartnoma imzoladi
26 yoshli ingliz futbolchisi «ko‘klar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
ФОТО: Getty images
«Chelsi» sardori RisJeyms klub bilan yangi olti yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Himoyachining avvalgi kelishuvi 2028 yilning iyunigacha amal qilardi.
Yangi shartnoma esa 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, u klub tomonidan 2022 yil may oyida joriy etilgan ish haqi tuzilmasiga moslashtirilgan.
Qayd etilishicha, Jeymsning so‘nggi shartnomasi amaldagi xo‘jayinlar davrida imzolangan bo‘lsa-da, u jamoada eski shartlar asosida qolayotgan so‘nggi futbolchi edi.
26 yoshli ingliz futbolchisi «ko‘klar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 6 yoshidan buyon klub tizimida to‘p surib kelmoqda.
Joriy mavsumda Ris APL doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist