Jeymi Vardining yangi klubi nomi ma'lum bo‘ldi
Фото: Getty Images
“Lester”ning afsonaviy hujumchisi Jeymi Vardi tez orada yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 38 yoshli futbolchi "Kremoneze" bilan kelishuvga erishgan.
Vardi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Unda jamoani A Seriyada saqlab qolish sharti bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bo‘ladi.
Qayd etilishicha, yakshanba oqshomidayoq Jeymi Vardi yangi klubi qarorgohiga yetib keladi.
Eslatib o‘tamiz, Vardi shu yozda 13 mavsum davomida to‘p tepgan "Lester"ni tark etgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist