locale OZ

Jeymi Vardi yozda \"Lester\"ni tark etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeymi Vardi yozda "Lester"ni tark etadi
Photo: Getty Images

"Lester" mavsum yakunida Jeymi Vardining klubdan ketishini e'lon qildi.

"Afsonaviy hujumchi Jeymi Vardi 13 mavsum davomida eng buyuk futbolchimizga aylanganidan keyin yozda "Lester"ni tark etishini tasdiqlaymiz," - deyiladi APLni tark etgan klub xabarida.

Ma'lumot uchun, Vardi "Lester" safida 2012 yildan buyon to'p tepib kelayotgan edi. Bu vaqt davomida u klub safida 498 ta o'yinda maydonga tushib, 198 ta gol urgan.

Shuningdek, “tulkilar” safida 38 yoshli hujumchi Angliya chempioni bo'ldi, mamlakat kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting