locale OZ

Jeymi Vardi “Vest Hem”ga o‘tishi mumkin

Vardi faoliyatining eng katta qismini “Lester Siti” safida o‘tkazgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeymi Vardi “Vest Hem”ga o‘tishi mumkin
Foto: Getty Images

Angliyalik tajribali hujumchi Jeymi Vardi faoliyatini “Vest Hem Yunayted” klubida davom ettirishi mumkin. Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 39 yoshli futbolchini hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Ayni paytda Vardi erkin agent maqomida.

“Vest Hem” yangi mavsum oldidan hujum chizig‘iga tajribali futbolchi qo‘shmoqchi va Vardi klub rahbariyatining e’tiboridagi nomlardan biri bo‘lib turibdi. Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani yoki shartnoma taklif qilingani haqida ma’lumot yo‘q.

Vardi faoliyatining eng katta qismini “Lester Siti” safida o‘tkazgan. U 2012-yildan 2025-yilgacha ushbu klub sharafini himoya qilib, jamoa bilan Angliya Premer-ligasi, Angliya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Lester” bilan ikki marta Chempionship g‘olibiga aylangan.

Tajribali hujumchi faoliyati davomida “Halifax Taun”, “Flitvud Taun”, “Kremoneze” kabi klublarda ham to‘p surgan, shuningdek, Angliya milliy terma jamoasi safida maydonga tushgan. Endilikda Vardining navbatdagi manzili “Vest Hem” bo‘lishi mumkin, biroq transfer bo‘yicha yakuniy qaror hozircha qabul qilinmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting