Jeymi Vardi faoliyatini yakunlamoqchi emas
FOTO: Getty Images
Angliyaning “Lester Siti” klubi hujumchisi Jeymi Vardi professional futbolchilik faoliyatini davom ettirish niyatida ekanligini aytdi. Avvalroq 38 yoshli futbolchi mavsum oxirida jamoasini tark etishini ma'lum qilgandi.
“Nima bo'lishini hech qachon bilmaysiz. Oyoqlarim to'xtashimni aytmaguncha davom etaman. Hozircha ular yaxshi”, - deydi Vardi.
Ma'lumot uchun, Jeymi joriy mavsum “Lester” safida jami 35 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 1 million yevroni tashkil qilmoqda.
“Lester” joriy mavsum oxirida Premyer-ligank tark etadi. Klub chempionat tugashiga ikki tur qolganida 22 ochko bilan autsayderlar qatorida bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist