locale OZ

Jeymi Vardi «Byornli»ga o‘tdi

Vardi o‘tgan mavsumni Italiyaning «Kremoneze» klubida o‘tkazgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeymi Vardi «Byornli»ga o‘tdi
ФОТО: Getty images

Angliyalik mashhur hujumchi Jeymi Vardi faoliyatini «Byornli»da davom ettiradi. Klub 39 yoshli futbolchi bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi.

Vardi o‘tgan mavsumni Italiyaning «Kremoneze» klubida o‘tkazgan va A Seriyada 29 ta uchrashuvda 7 ta gol urgan. Endi tajribali hujumchi Angliya futboliga qaytib, «Bernli»ning hujum chizig‘ini kuchaytirishga harakat qiladi.

Vardi Angliyadagi faoliyatining katta qismini «Lester Siti»da o‘tkazgan. U klub safida 200 ta gol urgan va 2015/16 yilgi mavsumda «Lester»ning sensasion tarzda APL chempioni bo‘lishida muhim rol o‘ynagan. Shuningdek, u 2019/20 yilgi mavsumda Premyer-liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting