locale OZ

Jeymi Vardi APL klubiga o'tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeymi Vardi APL klubiga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

“Lester” hujumchisi Jeymi Vardi boshqa bir ingliz jamoasiga o'tishi mumkin. Bu haqda Teamtalk portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, 38 yoshli futbolchini Chempionshipdan APLga qaytgan “Lids” klubi o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. “Lids” hozirdan tarkibni kuchaytirish bo'yicha bir nechta nomzodlar bilan muzokaraga kirishgan. Vardi ham klubning short-listidan joy olgan.

Joriy mavsumda Jeymi 34 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning hozirgi klubi “Lester” esa APL bilan muddatidan oldin xayrlashib, quyi divizionga tushib ketdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting