locale OZ

Jeydon Sancho uch yil ichida uchinchi marta yevrokuboklar finalida oʻynaydi

«Aston Villa» Yevropa Ligasi finaliga yoʻl oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeydon Sancho uch yil ichida uchinchi marta yevrokuboklar finalida oʻynaydi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted»ga tegishli bo‘lgan va ijara asosida «Aston Villa» sharafini himoya qilayotgan hujumchi Jeydon Sancho Birmingem klubi tarkibida Yevropa ligasi finaliga yo‘l oldi. 20 may kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi bahsda ingliz futbolchisi Germaniyaning «Frayburg» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

E’tiborli jihati shundaki, bu yarimhimoyachi uchun so‘nggi uch yil ichidagi uchinchi yevrokubok finali bo‘ladi. Sancho ushbu finallarning har birini turli jamoalar safida kutib olgani diqqatga sazovordir.

2023/2024 yilgi mavsumda Sancho «Borussiya Dortmund» tarkibida Chempionlar Ligasi finalida Madridning «Real» klubiga imkoniyatni boy bergan edi (0:2). Bir yil o‘tib, futbolchi «Chelsi» safida Konferensiyalar Ligasi finalida «Betis» ustidan g‘alaba qozonib (4:1), bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Joriy mavsumda Sancho klub miqyosida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va uchta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting