locale OZ

Jeydon Sancho faoliyatini Madrid klubida davom ettirishi mumkin

26 yoshli angliyalik futbolchi hozirda erkin agent hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeydon Sancho faoliyatini Madrid klubida davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

Ispaniyaning “Xetafe” klubi “Manchester Yunayted”ning sobiq vingeri Jeydon Sanchoni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Madridliklar hozirda erkin agent maqomida bo‘lgan 26 yoshli angliyalik futbolchi orqali hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri DAZN jurnalisti Pablo Pintoga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Xetafe” bosh murabbiyi Xose Bordalas Sanchoning o‘yin uslubini yuqori baholamoqda. Ayniqsa, futbolchining qanotlarda harakat qilishi, raqiblarni aldab o‘tishi va yakkama-yakka vaziyatlarda ustunlikka erisha olishi mutaxassisga ma’qul kelgan. Shu sababli klub rahbariyati ingliz futbolchisini jamoaga olib kelish yo‘llarini o‘rganmoqda.

Biroq transferning amalga oshishiga Sanchoning moliyaviy talablari to‘sqinlik qilishi mumkin. Futbolchi yiliga 4–5 million yevro maosh olishni istamoqda. Bu esa “Xetafe”ning hozirgi moliyaviy imkoniyatlaridan yuqori. Klub maoshlar uchun ajratilgan mablag‘ni oshirish yo‘llarini izlamoqda, ammo hozircha tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan.

Ma’lumot uchun, Jeydon Sancho 2021-yilda Dortmundning “Borussiya” klubidan “Manchester Yunayted”ga transfer qilingan. O‘tgan mavsumni “Aston Villa” safida ijarada o‘tkazgan futbolchi barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Sancho 2026-yil yozida Manchester klubini tark etgan va iyul oyidan buyon erkin agent hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting