Jeydon Sancho APLning ikki klubi bilan muzokara olib bormoqda
“Manchester Yunayted”ning sobiq vingeri Jeydon Sancho faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. 26 yoshli futbolchi ayni paytda APLning ikki klubi bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda TEAMtalk’ga tayanib, Euro-Football xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Sanchoga uning sobiq klubi Dortmundning “Borussiya”si ham qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA klublari ham angliyalik futbolchining holatini kuzatib bormoqda. Hozircha muzokara olib borayotgan ikki Premyer-liga klubi nomi oshkor qilinmagan.
Sancho yozgi transfer oynasida “Manchester Yunayted”ni erkin agent sifatida tark etdi va hozircha yangi jamoa bilan shartnoma imzolamadi. Shu sabab futbolchi transfer oynasi yopilganidan keyin ham istalgan klub bilan erkin agent sifatida kelishuvga erishishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Jeydon Sanchoning bozor qiymati 18 million yevroga baholanmoqda. U “Manchester Yunayted”ga 2021-yilda Dortmundning “Borussiya”sidan o‘tgan, keyinchalik esa “Borussiya”, “Chelsi” va “Aston Villa”da ijara asosida to‘p surgan.