locale OZ

Jerrard: «Virts bilan katta mamnuniyat ila bir jamoada toʻp surgan boʻlardim»

«Liverpul»ning sobiq yulduzi Florian Virts haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jerrard: «Virts bilan katta mamnuniyat ila bir jamoada toʻp surgan boʻlardim»
FOTO: Getty Images

«Liverpul» klubining sobiq yarimhimoyachisi va sardori Stiven Jerrard «qizillar»ning hujumkor yarimhimoyachisi Florian Virts bilan bir jamoada to‘p surishni orzu qilishini ma’lum qildi.

Germaniyalik futbolchi o‘tgan yozda «Liverpul» tarixidagi eng qimmat transfer sifatida «Bayer»dan Mersisayd klubiga kelib qo‘shilgan edi.

«Qaysidir futbolchi haqida mulohaza yuritar ekanman, har doim o‘zimga: «Men u bilan birga o‘ynashni xohlagan bo‘larmidim?» degan savolni beraman. Florian Virts bilan katta mamnuniyat bilan birga to‘p surgan bo‘lardim», — deya Jerrardning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Ma’lumot uchun, Stiven Jerrard professional faoliyatini 2014 yilda yakunlagan. 2017 yildan buyon murabbiylik bilan shug‘ullanib kelayotgan mutaxassisning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistonining «Al Ittifoq» klubi bo‘lib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting