Jerrard Slotning «Liverpul»dagi kelajagi haqida gapirdi
«Liverpul»ning sobiq sardori va yarimhimoyachisi Stiven Jerrard mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slotning klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
Jerrard Slotning «Liverpul»ni yana buyuk jamoaga aylantirishini istashini ta’kidladi.
«Men Slotning bu ishni yo‘qotishini xohlamayman. Istayman-ki, u mavjud vaziyatni to‘g‘rilasin, hammasini yaxshi tomonga o‘zgartirsin va «Liverpul»ni buyuk qilsin. To‘rt-besh oy avval, «Liverpul» Angliya chempioni bo‘lganida, quvonchimdan butun shahar bo‘ylab yugurib yurgandim», — deydi Jerrard.
Arne Slot «Liverpul»ni o‘tgan yilning yozida qabul qilib olgan. Niderlandiyalik mutaxassis boshchiligida mersisaydliklar 2024/2025 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.