locale OZ

Jerrard «Reynjers» taklifini rad etdi

"Reynjers" Russell Martinning iste'fosidan so'ng yangi murabbiy qidirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jerrard «Reynjers» taklifini rad etdi
ФОТО: Getty images

Stiven Jerrard "Reynjers"ni yana boshqarishdan bosh tortdi. Bu haqda BBC Sports xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Shotlandiya klubi payshanba va juma kunlari sobiq murabbiyi bilan muzokaralar olib borgan. Ammo yakunda Jerrard hali ishga qaytishni rejalashtirmayotgani ma’lum qildi.

"Liverpul" klubi va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisining so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" klubi bo‘lib, u yanvar oyi oxirida jamoani tark etgandi.

Eslatib o‘tamiz, "Reynjers" Russell Martinning iste'fosidan so‘ng yangi murabbiy qidirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting