locale OZ

Jerrard «Reynjers» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod

Hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jerrard «Reynjers» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod
ФОТО: Getty images

Shotlandiyaning “Reynjers” klubi bosh murabbiyi Rassel Martin iste'foga chiqarilgandi.

Sky Sports xabar tarqatishicha, klub Martin o‘rniga “Liverpul” afsonasi Stiven Jerrardni olib kelmoqchi.

Angliyalik mutaxassis ham sobiq jamoasini boshqarishga qarshi emas. Hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlangan.

Ma'lumot uchun, Stiven Jerrard 2018-2021 yillar oralig‘ida Glazgo klubining bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” jamoasi edi. Yanvar oyida klub bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting