Jerrard «Middlsbro» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
"Middlsbro" 29 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" va Angliya terma jamoasining 45 yoshli sobiq futbolchisi Stiven Jerrard Chempionship vakili "Middlsbro" bosh murabbiyi lavozimiga ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar beradi The Sun,
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati Rob Edvardsning o‘rniga yangi bosh murabbiy qidirishni boshladi.
Jerrard murabbiylik faoliyatini 2018 yilda Glazgo Reynjersda boshlagan va u yerda uch yil o‘tkazgan hamda jamoani 2021 yilgi liga chempionligiga yetaklagan. Shuningdek, Saudiya Arabistonida “Al-Ittifoq” bilan ikki yil ishlagan.
Chempionshipning 15 turidan so‘ng "Middlsbro" 29 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist