Jerrard Chempionshipda ish boshlashi mumkin
Jamoa 13-o‘rinni egallab turibdi.
ФОТО: Getty images
Angliya terma jamoasi va “Liverpul”ning sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard tumanli Albionda ish topishiО mumkin. Bu haqda Independent jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 45 yoshli murabbiyga “Bristol Siti” qiziqish bildirmoqda. Jamoa Chempionshipda ishtirok etadi va 13-o‘rinni egallab turibdi. Ayni paytda jamoani taniqli mutaxassis Roy Xojson boshqarmoqda.
Avvalroq matbuotda APLdan muddatidan oldin chiqib ketgan “Byornli” tomonidan ham Jerrardga qiziqish boʻlayotgani haqida xabar berilgan edi. Jerrardning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi bo‘lgan. Bungacha u “Reynjers” va “Aston Villa” jamoalarini boshqargan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist