locale OZ

Jerrard Chempionship klubida ish boshlashga yaqin

“Rekshem” klubi 45 yoshli mutaxassis bilan muzokara o'tkazmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jerrard Chempionship klubida ish boshlashga yaqin
ФОТО: Getty images

“Liverpul” klubi va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard Chempionshipda ish boshlashga yaqin. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Rekshem” klubi 45 yoshli mutaxassis bilan muzokara o'tkazmoqda. Tomonlar kelishuvga juda yaqinlashgan.

Eslatib o'tamiz, Jerrard murabbiylik faoliyatini 2018 yili “Reynjers”ni boshqarishdan boshlagan. 2021 yili esa jamoani Shotlandiya chempioniga aylantirgan.

Shundan so'ng Stiven “Aston Villa” va Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klublarini ham boshqargan.

Jerrardni qoniqarsiz natijalar sababli Russell Martin bilan xayrlashgan “Reynjers” qaytarishga harakat qilgan, biroq murabbiy bu taklifni rad etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting