Jerrard Championshipda ish boshlashga yaqin
Stiven yaqinda "Reynjers"dan tushgan taklifni rad etgandi.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” va “Aston Villa” jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Stiven Jerrard yaqin orada ishga qaytishi mumkin.
The Sun xabar tarqatishicha, 45 yoshli mutaxassisga Angliya Championshipi vakili “Reksem” klubi jiddiy qiziqmoqda. Tomonlar o‘rtasida hozirda muzokaralar davom etmoqda.
Yaqinda Jerrard “Reynjers”ning taklifini rad etgandi. U Glazgo klubini 2018-2021 yillarda boshqarib, mamlakat chempioniga aylantirgandi.
“Reksem” hozirda 9 o‘yindan so‘ng 10 ochko to‘plagan holda 18-o‘rinni egallab turibdi. Rahbariyat Stivenni jamoaga taklif qilishni bosh maqsadga aylantirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist