locale OZ

Jerrard: \"Bu yoshimda bunday o‘yinni ko‘rmagandim\"

Stiven YCHL finali yakuniga o‘z fikrini bildirdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jerrard: "Bu yoshimda bunday o‘yinni ko‘rmagandim"
Photo: Getty Images

“Liverpul” afsonasi Stiven Jerrard YCHL finali haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, final bahsida “PSJ” klubi "Inter"ni (5:0) mag‘lub etdi.

"Men 45 yoshdaman va hech qachon bunday o‘yinni ko‘rmagandim. Luis Enrike so‘nggi bir necha yil ichida qurgan jamoa turli yo‘llar bilan g‘alaba qozonishga qodir. Bu iqtidorli jamoada o‘ziga xos futbolchilar bor va ularga alohida shaxs murabbiylik qiladi", deya Jerrard so‘zlarini keltiradi TNT Sports.

Eslatib o‘tamiz, "PSJ" o‘z tarixida birinchi marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Luis Enrike o‘zi boshqargan ikkinchi jamoa bilan turnirda muvaffaqiyatga erishgan edi. U 2015 yilda “Barselona” bilan g‘olib chiqqan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting