Jerrard: «Bu biz yashayotgan futbol olamimizning bir qismi»
«Liverpul»ning sobiq yarimhimoyachisi va sobiq sardori Stiven Jerrard jamoa bosh murabbiyi Arne Slotning ehtimoliy iste’fosi borasida fikr bildirdi.
Joriy mavsumda «Liverpul» barcha musobaqalarda to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan. Kecha esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «PSV»ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Jerrard holat yuzasidan shunday dedi:
«Bu — hozir yashayotgan futbol olamimizning bir qismi. O‘zim ham bunday vaziyatda bo‘lganman. Shuni tushunish kerakki, bu mavzular muhokama qilinadi. Ayniqsa, top darajadagi klublarda. Bu — muqarrar».
Eslatib oʻtamiz, Arne Slot 2024 yil yozida «Liverpul»ni boshqaruviga kelgan va uning qo‘l ostida «qizillar» 2024/2025 yilgi mavsum yakunida Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan.