locale OZ

Jerom Boateng ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

«Bavariya»ning sobiq futbolchisiga nisbatan yangi jinoiy ish ochildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jerom Boateng ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
FOTO: Getty Images

Myunxen prokuraturasi Germaniya terma jamoasi va «Bavariya» klubi sobiq himoyachisi Jerom Boatengga nisbatan haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan davrda avtomobil boshqargani uchun ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Germaniya qonunchiligiga ko‘ra, bunday qoidabuzarlik jinoiy javobgarlikka tortiladi. Shu sababli, Boatengga yirik miqdordagi jarima yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi xavf solmoqda.

Shuningdek, takroriy qoidabuzarliklar uchun haydovchilik huquqidan umrbod mahrum etilishi ham mumkin. Agar sud jarima jazosini qo‘llasa, futbolchi o‘zining oylik sof daromadidan kelib chiqqan holda 30 dan 40 kungacha bo‘lgan ish haqi miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boateng sobiq qaylig‘iga tan jarohati yetkazganlikda ayblangan edi. Myunxen mintaqaviy sudi kaltaklash ishi bo‘yicha qaror chiqarib, unga 200 ming yevro miqdorida shartli jarima jazosini tayinlagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting