locale OZ

Jermeyn Defo \"Uoking\" bosh murabbiyligidan ketdi

Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni yakunlaganini rasman e'lon qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jermeyn Defo "Uoking" bosh murabbiyligidan ketdi
Foto: Getty Images

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi va Londonning "Tottenhem" klubi afsonalaridan biri Jermeyn Defo "Uoking" bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi.

Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni yakunlaganini rasman e'lon qildi. Shu tariqa, Defo klubdagi ilk bosh murabbiylik faoliyatini atigi 116 kundan so‘ng yakunladi.

43 yoshli mutaxassis 2026-yil mart oyida "Uoking" bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Uning qo‘l ostida jamoa oltita rasmiy uchrashuv o‘tkazib, ikki g‘alaba, uch durang va bir mag‘lubiyat qayd etdi hamda mavsumni Angliya Milliy ligasida 10-o‘rinda yakunladi.

Jermeyn Defo o‘z bayonotida bunday qarorga kelishiga klubdagi vaziyat sabab bo‘lganini bildirib, faoliyatini davom ettirish "imkonsiz" bo‘lib qolganini ta'kidladi. "Uoking" rahbariyati esa mutaxassisga qilgan mehnati uchun minnatdorlik bildirib, uning keyingi faoliyatiga omad tiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting