locale OZ

Jeremi Doku oʻgʻil farzandli boʻldi

Futbolchi ertaga Belgiya lageriga borib qoʻshiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeremi Doku oʻgʻil farzandli boʻldi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» va Belgiya terma jamoasi vingeri Jeremi Dokuning oilasida oʻgʻil farzand dunyoga keldi. Bu haqda Belgiya milliy jamoasining X ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.

«Jeremi Doku va uning oilasini toʻngʻich oʻgʻlining tugʻilishi bilan tabriklaymiz! Shifokorlarimizdan birining ruxsati va hamrohligida Jeremi ushbu unutilmas voqea sababli Londonga, rafiqasining yoniga uchib ketdi. Jeremi ertaga Yangi Zelandiyaga qarshi oʻyinga tayyorgarlik koʻrish uchun Sietldagi terma jamoa qarorgohiga qaytib keladi», — deyiladi Belgiya terma jamoasi xabarida.

Guruh bosqichi oʻyinlari 11-iyundan 27-iyungacha davom etadi. Jamoalar bir davrada oʻzaro bahs olib borishadi — har bir jamoa uchtadan uchrashuv oʻtkazadi. Pley-off bosqichiga har bir guruhdan ikkitadan eng yaxshi jamoa hamda uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi sakkizta jamoa yoʻllanma oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting